Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1995 yilgacha O‘zbekistonga kelgan va yashab kelayotganlarga avtomatik tarzda fuqarolik beriladi

1995 yilgacha O‘zbekistonga kelgan va yashab kelayotganlarga avtomatik tarzda fuqarolik beriladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga murojaatnomasi davomida fuqarolik masalalari, uzoq yillar davomida O‘zbekiston fuqaroligini ololmayotgan shaxslar, «O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonuni haqida gapirdi. 

«O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonuni 28 yil oldin qabul qilingan bo‘lib, bugungi hayot talablariga javob bermaydi.

1995-yilgacha O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon istiqomat qilayotganlarga avtomatik tarzda fuqarolik berilishi darkor. Bu bilan 50 mingga yaqin yurtdoshlarimizning fuqarolik bo‘yicha muammolari hal etiladi», — dedi prezident. 

Joriy yil 1-mayga qadar tegishli qonun loyihalari parlamentga kiritilishi belgilangan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring