Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«2 metr»  Britaniya iqtisodiyoti tiklanishiga xalaqit beryapti...

«2 metr»  Britaniya iqtisodiyoti tiklanishiga xalaqit beryapti...

Foto: «Live Science»

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirus tarqalishi xavfsizligi nuqtai nazaridan 2 metrlik oraliq masofani saqlash qoidasi qanchalik maqsadga muvofiqligini o‘rganish haqida topshiriq berdi.

Gap shundaki, Britaniya iqtisodiyoti tiklanishiga ushbu cheklov jiddiy to‘siq bo‘layotgani haqida ko‘p sonli e’tirozlar kelib tushgan. Xabarda aytilishicha, mamlakatda restoran va pablar ochilishi belgilangan 4-iyulga qadar bu masala uzil-kesil yechimini topishi kerak.

Torilar sobiq yetakchisi Ien Dunkan Smitning aytishicha, 2 metrlik masofa maqsadga muvofiqligi bo‘yicha asosli dalillar bor, shunga qaramay, siyosiy qarorni, iqtisodiyotning ertasini ham unutmagan holda, bosh vazir qabul qilishi shart.

Ma’lumot uchun: Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga muvofiq, SARS-CoV-2 virusini yuqtirmaslik uchun kishilar orasidagi masofa kamida 1 metr bo‘lishi shart. Ushbu tavsiyaga Xitoy, Daniya, Fransiya va Singapur amal qilmoqda. Fuqarolarga tavsiya etilgan oraliq masofa Avstraliya, Belgiya, Germaniya, Gretsiya, Italiya, Niderlandiya va Portugaliyada — 1,5 metr. Janubiy Koreyada — 1,4 metr, AQShda — 1,8 metr, Kanada va Ispaniyada — 2 metrdan yaqinroq.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring