Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2010-yilgacha olingan «prava»ni yangisiga almashtirish oxirgi muddati — 31-mart

2010-yilgacha olingan «prava»ni yangisiga almashtirish oxirgi muddati — 31-mart

Adliya vazirligi matbuot kotibi eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati haqida ma’lumot berdi.

«Prava»larni yangilariga almashtirish muddatlari:

  • 2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari — 2023-yil 31-martgacha;
  • 2010–2012-yillarda berilganlari — 2023-yil 30-iyungacha;
  • 2013–2015-yillarda berilganlari — 2023-yil 30-sentyabrgacha;
  • 2015-yildan keyin berilganlari — 2023-yil 31-dekabrgacha.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yetib kelishini kutmasdan, oldindan harakat qilish tavsiya etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring