Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

22 yoshli o‘zbekistonlik Qozog‘istondagi masjidda o‘g‘rilikka qo‘l urdi (video)

22 yoshli o‘zbekistonlik Qozog‘istondagi masjidda o‘g‘rilikka qo‘l urdi (video)

Joriy yil 13-avgust kuni 22 yoshli o‘zbekistonlik fuqaro Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultondagi masjidlarning birida o‘g‘rilikka qo‘l urdi. Bu haqda mamlakat IIVning rasmiy axborot portali xabar bermoqda.

Mazkur shaxs Nur-Sultonga joriy yil iyun oyining oxirlarida kelgan va masjidlarda o‘g‘rilik qilish bilan shug‘ullanib yurgan. U qo‘lga olingunga qadar 6ta holat bo‘yicha o‘g‘rilik sodir etgan.

Mazkur shaxs masjidlardan birining kuzatuv kamerasiga tushib qolgungacha o‘g‘rilikni davom ettirib kelgan va o‘margan narsalari, asosan qo‘l telefoni va pul mablag‘lari bo‘lgan.

Kuzatuv kamerasi qayd etgan videoda u qanday qilib binoning kirish qismidagi ibodatga keluvchilarning narsalari saqlanadigan qutilarni titgani va o‘g‘rilik qilgani aks etadi.

O‘zbekistonlik fuqaro o‘z aybiga iqror bo‘lgan. Politsiya undan 4 dona o‘g‘rilangan smartfonlarni daliliy ashyo sifatida olib qo‘ygan.

Mazkur holat bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, unga nisbatan “o‘g‘rilik” moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring