Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«25 jonni o‘ldirgan» shahzodani mahkamaga tortish talab qilindi

«25 jonni o‘ldirgan» shahzodani mahkamaga tortish talab qilindi

Shahzoda Harri Afg‘onistondagi janglarda vertolyot uchuvchisi sifatida qatnashgan.

Foto: PA

Buyuk Britaniya shahzodasi, Sasseks gersogi Harrining harbiy xizmat yillari Tolibon harakatining 25 nafar a’zosini o‘ldirgani haqidagi e’tirofi Afg‘onistonda norozilik namoyishlariga sabab bo‘ldi.

Mulla Abdulla AP agentligi muxbiri bilan suhbatda 2011-yili Hilmand viloyatidagi uyiga Britaniya harbiylari zarba bergani oqibatida yaqinlaridan ayrilganini aytgan.

«Biz xalqaro hamjamiyatdan ushbu shaxsni mahkamaga tortish va tovon puli undirishni talab qilamiz. Uyimiz, oila a’zolarimiz, bor-budimizdan mosuvo bo‘lganmiz», – degan u.

Tolibon ma’muriyati vakili Abdulqahhor Balxiy shahzoda Harrining so‘zlarini izohlar ekan, harbiy koalitsiya begunoh aholini o‘ldirib, afg‘on xalqi qalbida bitmas jarohat qoldirganini aytgan.

Norozilik namoyishi ishtirokchilari shahzoda Harri va uning do‘stlari Afg‘oniston viloyatlarida sodir etgan shafqatsizliklarni qoralagan.

Avval xabar berganimizdek, 38 yoshli Harri yaqinda chop etilgan «Spare» («Zaxira») deb nomlangan kitobida Afg‘onistonda xizmat qilayotgan vaqtida 25 kishini o‘ldirganini tan olgan.

Ushbu memuar Buyuk Britaniyaning o‘zida ham tanqidlarga sabab bo‘ldi. Bukingem saroyi kitobda tilga olingan qatllar masalasida munosabat bildirmadi.

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ning o‘g‘li Harri qirollik armiyasida 10 yil xizmat qilgan. Xususan, u 2008 va 2012-yillarda Afg‘onistondagi janglarda ishtirok etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring