Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3 million o‘rniga atigi 10 ming ziyoratchi... Haj-2020 suratlari

3 million o‘rniga atigi 10 ming ziyoratchi... Haj-2020 suratlari

Foto: Masjid ul-Haromning Feysbukdagi rasmiy sahifasi

Bu yilgi Haj mavsumi dunyo musulmonlari uchun eng mahzun yil o‘laroq tarixga kirmoqda. Arafa hamda Qurbon hayiti kunlari Saudiya Arabistonining Makkai mukarrama shahri va unga yondosh muqaddas hududlarda Haj amallari ado etilmoqda.

Har yil odatda 2,5-3 million musulmon farz sanalgan Haj arkonlarini bajargan bo‘lsa, bu yil atigi 10 ming chog‘li mo‘minga bu baxt nasib etdi. Saudiya Arabistoni hukumati koronavirus pandemiyasi sabab podshohlik tashkil etilgan 1932 yildan buyon ilk bor xorijlik ziyoratchilar tashrifini taqiqlashga majbur bo‘ldi. Mahalliy fuqarolar hamda Saudiya hududida yashayotgan sanoqli xorijliklargagina Haj amalini ado etishga ruxsat berildi. 

Talabgorlardan koronavirusga test olindi. Ehtiyotkorlik yuzasidan ziyoratchilar Makkaga kelganidan keyin karantin muddatini o‘tadi. 65 yoshdan oshgan hamda surunkali xastaliklarga chalinganlarga Hajga ijozat berilmadi.

Haj arkonlari sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda ado etilmoqda. Vaziyatni nazorat qilish uchun minglab politsiyachi, muqaddas maskanlar tozaligini saqlash uchun  minglab farrosh safarbar etildi.

Quyida Haj arkonlari aks etgan fotolavhalar e’tiboringizga havola etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring