Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

30-avgust kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

30-avgust kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, cho‘l hududlarida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo harorati 30-35° ni tashkil etadi.

Poytaxtimizda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorati 33-35° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28° bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring