Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

30 foizlik boshlang‘ich to‘lov evaziga 3 yil muddatga avtokredit yolg‘on bo‘lib chiqdi

30 foizlik boshlang‘ich to‘lov evaziga 3 yil muddatga avtokredit yolg‘on bo‘lib chiqdi

Insoniyat tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, eng buyuk ixtirolardan biri, shubhasiz, avtomobil yaratilishi bilan bog‘liq.

Uzoqni yaqinlashtiruvchi ushbu vosita gohida ikki yaqin insonni bir-biridan uzoqlashtirib yuborishi ham mumkin. Qanday deysizmi? Avtolizing haqida eshitmagan ko‘rinasiz. Bugungi kunda iste’molchi va tadbirkor orasidagi muammo va mojarolarning aksariyat qismi aynan avtolizing tashkilotlari sababli yuzaga kelmoqda.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga kelib tushgan navbatdagi ariza mazmuni ham yuqoridagi mavzuga aloqador. Anchadan buyon avtomobil xarid qilish niyatida pul jamg‘arib yurgan Rustam Ahrorov ham qayerdandir 30 foiz boshlang‘ich to‘lov evaziga 3 yil muddatga kredit asosida avtomashina beradigan MChJ haqida eshitib qoladi. Buxoro shahri A.Somiy ko‘chasi 36-uyda istiqomat qiluvchi qahramonimiz 27-iyul kuni Buxoro shahri, Bahouddin Naqshband ko‘chasida joylashgan «Orient Avto Lizing» MChJ ga boradi va «Spark» avtomashinasi xarid qilish maqsadida 29 810 000 so‘m boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirdi. Shartnomada belgilangan muddat yetib keldi-yu, mashinadan darak yo‘q. MChJ ga murojaat qilganida, biroz kutib turishini aytishdi.

Kutib-kutib charchagan iste’molchi kunora MChJga borib keladigan bo‘ldi. Kundan-kunga xaridorning xunobi, tadbirkorning bahonalari oshib boraverdi. Qoniqarsiz javoblarni eshitaverishdan charchagan R.Ahrorov najot istab Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga yozma murojaat qildi. Soha mutaxassislari tomonidan holat o‘rganilgach, muammo iste’molchi foydasiga hal etildi.

Rustam Ahrorov o‘zi to‘lagan 29 810 000 so‘m pulni to‘liq qaytarib oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring