Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«330 million dollar tayyor kredit liniyalari yil boshidan beri harakatsiz turibdi» – Prezident holatni tanqid qildi

«330 million dollar tayyor kredit liniyalari yil boshidan beri harakatsiz turibdi» – Prezident holatni tanqid qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qish-bahor oylarida bozorlarda meva-sabzavotlar narxi barqaror bo‘lishi uchun saqlash va tashish bilan bog‘liq muammolarni hal qilish zarurligi ta’kidlandi.

Bu masalalar bo‘yicha loyihalar bo‘lsa, ularga barcha sharoitlar yaratib berilishi ko‘rsatib o‘tildi.

Misol uchun, bugungi kunda chetdan qishloq xo‘jaligiga jalb qilingan 140 million dollar uzoq muddatli mablag‘lar banklarda haligacha o‘zlashtirilmagan. Yana 330 million dollar tayyor kredit liniyalari yil boshidan beri harakatsiz turibdi.

«Na banklar, na lizing kompaniyalari rahbarlari, na hokimlar bu mablag‘larni tadbirkorlarga berish bo‘yicha jon kuydirmayapti», dedi Prezident.

Viloyat hokimlariga bir oy muddatda ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish bo‘yicha o‘zining loyihalarini taqdim etish topshirildi.

Yangi loyihalarni ishga tushirishda «Agrolizing» aksiyadorlik jamiyati umuman ishlamayotgani tanqid qilindi, uning faoliyatini to‘liq transformatsiya qilib, dehqon va fermerlarga moliyaviy ko‘makchi bo‘ladigan tizimga aylantirish topshirildi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligiga:

– kelgusi bir yilda hududlarda mahsulotni saqlash bo‘yicha 200 ming tonna quvvatlarni ishga tushirish;

– 100 million dollar hisobidan intensiv bog‘lar va sabzavotchilik, saqlash omborlari, qadoqlash va qayta ishlash loyihalarini boshlab, tadbirkorlarga lizingga berishni yo‘lga qo‘yish;

- barcha viloyatlarda issiqxona egalariga yengilliklar berish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish;

- agrar sohada moliyalashtirish, kredit, lizing  va sug‘urta tizimini to‘liq yangilash bo‘yicha qaror loyihasini taqdimot qilish topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring