Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

3488. Yana bir necha kishida koronavirus aniqlandi

3488. Yana bir necha kishida koronavirus aniqlandi

2020-yil 29-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3488 (+20) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Shuningdek, shu yilning 25-mayida Rossiya, 26-mayda esa Qozog‘istondan Qo‘ng‘irot tumanidagi chegara posti orqali mamlakatimiz xududiga kirib kelgan 2 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida tasdiqlangan. Koronavirus infeksiyasi qayd etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan bugungi yana 14 holat shu yilning 25 mayida Yekaterinburg-Toshkent yo‘nalishidagi charter reys bilan yurtimizdagi Karantin markaziga olib kelingan fuqarolar orasida aniqlandi.

Ayni paytda yurtimizda 2728 (+34) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi.

Avval xabar qilganimizdek, tuzalganlarning 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 7 nafari Samarqand viloyati hamda 22 nafari Toshkent shahridan.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 746 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring