Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

40 ta restorani, favvorali konsert zali bor. Dunyodagi eng katta sayyohlik kemasi qurilmoqda (video)

40 ta restorani, favvorali konsert zali bor. Dunyodagi eng katta sayyohlik kemasi qurilmoqda (video)

Foto: Royal Caribbean International

Royal Caribbean International kompaniyasi dunyodagi eng katta sayyohlik layneri — Icon of the Seas konseptini namoyish etdi.

Kema qurilishi boshlab yuborilgan. 2023-yilda suvga tushiriladi, 2024-yilda Karib dengizi bo‘ylab birinchi sayohatga jo‘naydi.

Bu suyultirilgan gazda ishlovchi jahondagi birinchi kema bo‘ladi.

Icon of the Seas sayyohlik kemasi 5 610 kishiga mo‘ljallangan 2 805 ta kayutadan iborat. Laynerning 18 ta palubasi bo‘ladi: ularda ko‘plab do‘konlar, basseynlar, jakuzilar, 40 ta restoran, akvapark, hatto favvorali konsert zaligacha bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring