Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

5 yoshli bolakay vafot etgan onasining yonida 16 soat qolib ketgan

5 yoshli bolakay vafot etgan onasining yonida 16 soat qolib ketgan

Foto: «wgxa.tv»

AQShda yosh bola onasining murdasi bilan 16 soatcha o‘tirgan. Keyinchalik ayolda koronavirus aniqlangan, deb xabar berdi «WGXA» telekanali.

42 yoshli shifokor-mammologning murdasini uyidan topishdi. O‘limidan so‘ng ayolda o‘tkazilgan tahlil natijalari unda COVID-19 borligini tasdiqladi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, politsiya ayolning murdasini topgunga qadar oradan 12 — 16 soat vaqt o‘tgan. Bundan tashqari, bu vaqt davomida uyda 5 yoshlardagi bolakay ham bo‘lgan.

Vafot etgan ayol ishlagan shifoxona ma’muriyati u bilan muloqotda bo‘lgan barcha xodim va bemorlar bilan bog‘landi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring