Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

$50 mingga Amerikani va’da qilgan «shovvoz» ushlandi

$50 mingga Amerikani va’da qilgan «shovvoz» ushlandi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlardan birida fuqaroni AQShga jo‘natish evaziga pul talab qilgan shaxs ushlandi.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahrida yashovchi 27 yoshli fuqaro J.Y. mahalliy fuqaroni 50 ming AQSh dollari evaziga «Toshkent-Yevropa ittifoqi-Meksika-AQSh» yo‘nalishi orqali AQShga jo‘natishni va’da qilib, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish uchun fuqaro N.T.dan bo‘nak sifatida 10 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Fuqaro J.Y.ga tegishli avtomashina ko‘zdan kechirilganida fuqaro N.T.ga tegishli xorijga chiqish pasporti, uning qizining ID-kartasi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma va hokazolar borligi aniqlanib, ashyoviy dalillar tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring