Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

8-yanvar kunduz kuni havo o‘zgarib turadi

8-yanvar kunduz kuni havo o‘zgarib turadi

Foto: Xabar.uz

8-yanvar kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9-14° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-12° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring