Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

87 yoshli qariya shifoxonada 78 kishiga koronavirusni yuqtirib, shaharning yopilishiga sababchi bo‘ldi

87 yoshli qariya shifoxonada 78 kishiga koronavirusni yuqtirib, shaharning yopilishiga sababchi bo‘ldi

Foto: «Novorosinform.org»

Xitoyning Xarbin shahrida (Xeylunszyan provinsiyasi) bemor shifokorlarning beparvoligi tufayli 78 kishiga kasallik yuqtirdi. Shundan so‘ng hukumat shaharni yopishga qaror qildi. Bu haqda «The Paper» xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 87 yoshli Chen ahvoli yomonlashgani uchun shifokorlarga murojaat qilgan. Uni shahardagi ikkinchi shifoxonaga yotqizishgan. 2 — 6-aprel kunlari uning isitmasi chiqqan. Shunga qaramay, shifokorlar unda koronavirusga test o‘tkazmaganligi tushunarsiz. Bemorning o‘zi esa unda gipostatik pnevmoniya ekanligini bilgan. Chunki u juda ko‘p vaqt yotgan.

6 aprel kuni bemorni maxsus himoyasiz Xarbin tibbiyot universitetining birinchi shifoxonasiga ko‘chirib o‘tkazishgan. U yerda uni yana COVID-19 ga tekshirib ko‘rishmasdan, sakkiz kishilik oddiy palataga joylashgan. Pirovard natijada Chen 78 kishi — tibbiyot xodimlari va boshqa bemorlar bilan bevosita yoki bilvosita muloqotda bo‘lgan.

Tekshiruvdan so‘ng 18 nafar mansabdor shaxs, jumladan, Xarbin meri o‘rinbosari Chen Yuanfey intizomiy javobgarlikka tortildi.

Infeksiya tarqalib ketgandan so‘ng shaharda yangi cheklovlar joriy etildi. Shaharda ro‘yxatdan o‘tmagan kishilarning u yerga kirishi, tashqariga niqobsiz chiqishi taqiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring