Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abituriyentlar duch kelayotgan muammolar yuzasidan rasmiy bayonot berildi

Abituriyentlar duch kelayotgan muammolar yuzasidan rasmiy bayonot berildi

Foto: «O‘zA»

Keyingi kunlarda yangi pasport olgan abituriyentlar tomonidan Davlat test markaziga pasport ma’lumotlarini kiritishda muammo bo‘layotganligiga doir murojaatlari yuzasidan rasmiy bayonot berildi.

«Abitur.dtm.uz sayti orqali abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish dasturi 2020-2021 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul test sinovlari jarayonlarini soddalashtirish, qulaylik yaratishning eng yaxshi tizimidir.

Mazkur tizim yordamida abituriyent uyidan tashqariga chiqmagan holda ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, tizim bilan ishlashda murakkabliklar yo‘q.

Shunday bo‘lsa-da, keyingi kunlarda yangi pasport olgan abituriyentlar tomonidan Davlat test markaziga pasport ma’lumotlarini kiritishda muammo bo‘layotganligiga doir, xususan, pasport ma’lumotlari, cyeriya va raqamlari avtomatik ravishda chiqmayotganligi to‘g‘risida murojaatlar bo‘lib turibdi. Bunday holatlar haqida turli internet nashrlarida ma’lumotlar e’lon qilinmoqda.

Hurmatli dastur foydalanuvchilari! Masalani hal etish o‘zining vakolatiga kirmasa-da va holatga befarq emasligi, pasport ma’lumotlari dasturda avtomatik tarzda yuklanishi ta’minlanganligini hisobga olib, Davlat test markazi tomonidan masala mohiyati va uni hal etish yuzasidan vakolatli davlat organlariga, jumladan, Ichki ishlar vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga rasmiy xat orqali murojaat qilindi.

O‘z navbatida qayd etish kerakki, Davlat test markazi ushbu muammoga uchrayotgan abituriyentlar haq-huquqining to‘la tan olinishi, e’tirof etilishi va ta’minlanishi tarafdoridir hamda vakolatli organlar tomonidan ushbu masala tezkorlik bilan ijobiy hal etilishiga umid bildiradi», deyiladi bayonotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring