Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abramov nomli g‘alaba. Yamanga qarshi kechgan o‘yin haqida qiziq fakt (foto)

Abramov nomli g‘alaba. Yamanga qarshi kechgan o‘yin haqida qiziq fakt (foto)

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh saralashi ikkinchi bosqichi uchinchi turida Yamanni qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi. Bu g‘alaba, shubhasiz, Abramov nomi bilan atalishi turgan gap. Buning bir qator sabablari bor.

Birinchidan, g‘alaba Abramov taklif etgan hujumkor o‘yin natijasida qo‘lga kiritildi. Ikkinchidan esa, Sanjar Qodirqulovni milliy jamoada asosiy tarkibga qo‘yadigan boshqa murabbiy O‘zbekistonda ham, jahonda ham topilmasdi.

Ektor Kuper yetti hafta tinimsiz uxlaganda ham Qodirqulovni maydonga tushirishni tush ko‘rmagan bo‘lardi. Bilaks, bu futbolchining nomini yoddan bilmasa ham kerak. Xuddi terma jamoaning aksariyat muxlislari singari. Sanjar ilk daqiqada gol kiritganda stadion suhandoni muxlislarni uning familiyasini baralla aytishga chaqirdi. Yumshoq qilib aytganda, hamma ham ayta olmadi.

Holbuki, Qodirqulov nafaqat gol urdi, balki ikkinchi bo‘limda Jamshid Iskanderovga golli uzatmani ham amalga oshirdi. Ammo o‘yin qahramoni yolg‘iz u bo‘lmadi. Birinchi bo‘limning o‘zida Eldor Shomurodov chiroyli gol muallifi bo‘ldi. Odatda bosh bilan uriladigan gollar har doim chiroyli chiqadi. Eldorning goli ham bundan mustasno emas. Yana Islom To‘xtaxo‘jayevning goli ham.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bu o‘yinda umumiy hisobda 5 ta gol urdi. Qiziq statistika, 5:0 hisobidan so‘ng JCh saralashidagi g‘alabalar soni 50 taga yetdi. Yana ham qizig‘i, O‘zbekiston MTJ ilk g‘alabasini ham Yaman bilan 1997 yilda bo‘lgan o‘yinda qo‘lga kiritgan edi (1:0).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring