Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adham Ikromov bo‘yicha yangi bayonot e’lon qilindi

Adham Ikromov bo‘yicha yangi bayonot e’lon qilindi

Joriy yilning 24-dekabr kuni Adham Ikromov Savdo-sanoat palatasi rayosati raisi lavozimiga saylangani bo‘yicha xabar berilgandi.

Shu sababdan, Sportni rivojlantirish vazirligi bayonot berdi.

«Savdo-sanoat palatasi rayosati raisi yangi ta’sis etilgan lavozim bo‘lib, unga Prezident tavsiyasi bo‘yicha Adham Ikromov saylandi. Bu jamoatchilik asosidagi lavozim hisoblanadi.

Ayni vaqtda Adham Ikromov Sportni rivojlantirish vaziri sifatida faoliyatini davom ettirmoqda», deyiladi xabarda.

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov ham o‘z ishini davom ettirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring