Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistondagi zilzila qurbonlari soni yana ko‘paymoqda (video)

Afg‘onistondagi zilzila qurbonlari soni yana ko‘paymoqda (video)

Afg‘onistonning bir necha viloyatida 22 iyun kuni sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 1,5 mingga yaqinlashgan, 2 ming odam yaralangan.

Al Jazeera telekanali xabariga ko‘ra, avvalroq mingga qurbon haqida aytilgan, qidiruv-qutqaruv ishlari natijalariga qarab o‘zgarishi mumkinligi bildirilgandi.

Zilzila Paktika, Xost, Lagman, G‘azni, Logar va Kobulda yuz bergan. Mahalliy hokimiyat 6,1 balli shkala deb baholagan bo‘lsa, AQSh geologiya xizmatining ma’lum qilishicha, zilzila kamida 2 marta sodir bo‘lgan: 5,9 va 4,5 magnitudali. Bir necha yuzlab uylar, Xost viloyatining o‘zida 600 ta uy vayron bo‘lgan.

Aytilishicha, zilzila 10 km. chuqurlikda ro‘y bergani uchun ham uning oqibatlari ayanchli bo‘lmoqda.

«Tolibon» hukumati jabrlanglar oilasiga 1 mlrd. afg‘oni (11 mln. dollar) yordam puli ajratgan. Shuningdek, Afg‘oniston amiri Haybatulla Oxunzoda xalqaro tashkilotlardan ko‘mak so‘ragan.

Xabarlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar oilalarining har biriga 100 ming afg‘onidan (1116 dollar), jarohat olganlarga 50 ming afg‘onidan mablag‘ tarqatiladi. Ayni paytda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti jamoasi voqea joyida vaziyatni nazoratga olib turibdi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi mazkur fojia yuzasidan bayonot berib, afg‘on xalqiga yordam berishga tayyorligini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring