Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afsonaviy Pele COVID-19ga qarshi emlandi

Afsonaviy Pele COVID-19ga qarshi emlandi

Foto: «Instagram»

Futbol afsonasi Pele (Edson Arantis du Nasimentu) koronavirus infeksiyasiga qarshi emlandi. Bu haqda u «Instagram»da yozdi.

«Bugun — unutilmas kun. Men vaksina bilan emlandim», — suratga yozilgan izohda shu so‘zlarni o‘qish mumkin.

Pandemiya davom etayotganini ta’kidlagan Pele o‘z obunachilariga niqob taqish, masofa saqlash zarurligini uqtirdi. Odamlar o‘z yaqinlariga qayg‘urishsa va bir-birlariga madadkor bo‘lishsa, pandemiya o‘tib ketadi, dedi 80 yoshni qoralagan futbol qiroli.

Pelening «Instagram»da 5,7 mln. obunachisi bor.

Braziliyaning «G1» nashriga ko‘ra, Pele vaksinani uyida qabul qilgan, uni Xitoyning «Sinovac Biotech» kompaniyasi ishlab chiqqan «Coronavac» vaksinasi bilan emlashgan.

Braziliyada ommaviy emlashga 18-yanvar kuni start berilgandi: «Sinovac Biotech» (Xitoy) va «AstraZeneca» (Buyuk Britaniya/Shvetsiya) vaksinalaridan foydalanilmoqda. 2021-yilning 1-mart holatiga vaksinaning birinchi dozasini qabul qilganlar soni 6,57 million nafarga, har ikki dozani olganlar soni 1,93 million kishiga yetgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring