Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori o‘z xizmat xonasida ushlandi

Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori o‘z xizmat xonasida ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Uychi tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Uychi tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori S.A., 2 nafar fuqaroni ushbu markazga ishga qabul qilish evaziga o‘z xizmat xonasida 200 AQSh dollari va 2,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida S.A fuqaro X.dan 18 nafar fuqaroni rasmiy ishsizlar ro‘yxatiga kiritib qo‘yish uchun muqaddam 1,8 mln so‘mini olganligi aniqlanib, shundan 100 AQSh dollari va 600 ming so‘mni qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring