Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vaziri «Huawei» kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi (foto)

AKT vaziri «Huawei» kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi (foto)

Foto:«Mitc.uz»

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida «Huawei» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov ishtirok etdi.

Uchrashuvda Xitoyning yirik IT kompaniyasi uchun O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng muhim hamkor davlatligi ta’kidlab o‘tildi. 

Foto:«Mitc.uz»

Uchrashuv doirasida tomonlar «Huawei» kompaniyasi ishtirokida AKT sohasidagi istiqbolli loyihalar, shu jumladan O‘zbekiston telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihalarni muhokama qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring