Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vaziri Radioaloqa byurosi direktori bilan uchrashdi

AKT vaziri Radioaloqa byurosi direktori bilan uchrashdi

Foto: «Mitc.uz»

Misrning Sharm al-Shayx shahrida Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI)ning 2019-yilgi Butunjahon radioaloqa konferensiyasi (BRK-19)) doirasida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov XEIning Radioaloqa byurosi direktori Mario Manevich bilan uchrashdi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi xalqaro darajada radiochastota spektridan foydalanishni tartibga soluvchi XEI xalqaro shartnomasi — Radioaloqa reglamentining to‘la huquqli ishtirokchisi ekanligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tegishli ishlarni olib borishga kelishildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring