Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vazirligida ilm-fan va ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi (foto)

AKT vazirligida ilm-fan va ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi (foto)

Foto: Xabar.uz

Ilm — aqlning ozuqasi. Bilim muvaffaqiyatlarning avvali, bilimsizlik esa haqiqiy mag‘lubiyat sanaladi. Dunyo yaralibdiki, inson ehtiyojlar qurshovida yashaydi. Inson ehtiyojining eng oliy nuqtasi, shubhasiz, bilishga, anglashga, ilm olishga bo‘lgan ehtiyojdir.

Ilm ahlining bilimidan el manfaat ko‘rgani, u taratgan ziyo bu keng olamning bir burchagini bo‘lsa-da yoritganidir. Olim mana shunda mehnatining mevasidan bahramand bo‘ladi. E’tirof esa nafaqat unga loyiq shaxs, balki uning atrofida birlashgan barcha insonlarni ruhlantiradi, motivatsiya uyg‘otadi. Munosiblarning mukofotlanishi bir shaxsgagina emas, balki u egallagan sohaga va ushbu kasbning jamiki sohiblariga qaratilgan rag‘batdir.

Bugun, 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantrish vazirligida ilm-fan va ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik tizimidagi kompaniya, tashkilot, korxona va muassasalarda nafaqat kundalik vazifalarni bajarish, balki ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratish, ta’lim muassasalarida ilmiy ishlarni yanada rivojlantirish zarurligi qayd etildi. Bu borada yosh kadrlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ushbu yo‘nalishda tegishli chora-tadbirlarni tizimli amalga oshirib borish haqida fikr almashinildi.

Xalqaro telekommunikatsiya akademiyasi tomonidan O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Asror Ishanxodjayevga faxriy akademik unvoni berilgan edi. Tadbir davomida AKT vaziri Sherzod Shermatov tomonidan ana shu akademiklik diplomi, guvohnomasi va ko‘krak belgisi Asror Ishanxodjayevga tantanali ravishda topshirildi.

Ma’lumot uchun: Xalqaro telekommunikatsiya akademiyasi 1996-yili tashkil etilgan. Akademiyaning hozirda 30 dan ortiq mamlakatlarda 800 nafardan ortiq akademiklari bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring