Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Alloh go‘zaldir va u go‘zallikni sevadi» — Shavkat Mirziyoyev

«Alloh go‘zaldir va u go‘zallikni sevadi» — Shavkat Mirziyoyev

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Namangan viloyatida bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat raxbari tashrif davomida Namangan xaqida iliq fikr bildirdi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri xabar bermoqda.

—  Men har gal Namangan zaminiga kelganimda, iymon-e’tiqodi mustahkam, bag‘rikeng va zahmatkash insonlar bilan dildan suhbatlashganimda, ularning odob-axloqi, yuksak madaniyatini, xush muomalasini ko‘rib, doim qoyil qolaman.

Shu ma’noda, Namanganning mevasi shirin, mevasidan ham shevasi shirin, degan gapda juda katta hayotiy haqiqat bor.

Muqaddas kitoblarimizda «Alloh go‘zaldir va u go‘zallikni sevadi» deb aytilganini sizlar yaxshi bilasizlar. Namangan elining mana shu ilohiy so‘zlarga amal qilib, o‘z yurtini har  tomonlama obod va so‘lim maskanga, gullar diyoriga aylantirish yo‘lidagi amaliy harakatlari yuksak hurmatga loyiq, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring