Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amerikalik ota o‘g‘lini o‘g‘irlab ketayotgan jinoyatchiga o‘q uzdi

Amerikalik ota o‘g‘lini o‘g‘irlab ketayotgan jinoyatchiga o‘q uzdi

Foto: Florida Department of Corrections

Amerikaning Florida shtati, Lantana shahrida jinoyatchi avtomobil va uning ichidagi 6 yoshli bolani o‘g‘irlab ketishga urindi.

Haydovchi do‘stlari bilan hayrlashish uchun mashinadan tushadi. Bu vaqtda avtomobil ichida olti yoshli o‘g‘li qolgan edi. Jinoyatchi vaqtdan foydalanib mashinaga tezda o‘tiradi va haydab ketadi. Bola avtomobil ichida qolgan edi.

Ota zudlik bilan do‘stlari yordamida ta’qib qilishga tushadi. Sakkiz kilometrdan so‘ng o‘g‘ri yo‘l-transport halokatiga uchraydi, ammo shikastlangan mashina bilan qochishda davom etadi. Amerikalik ota do‘stining avtomobilida jinoyatchiga yetib olgach, shaxsiy qurolidan bir necha bor unga o‘q uzadi.

O‘g‘ri og‘ir ahvolda kasalxonaga tushgan. Ma’lum bo‘lishicha, u 3 yillik qamoq jazosidan so‘ng fevral oyida ozodlikka chiqqan edi. Qamalishiga esa qariya insonga hujum qilish va qurol ishlatish yo‘li bilan avtomobil o‘g‘irlash jinoyati sabab bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring