Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijon: arzonga sotilgan dollarlar qalbaki bo‘lib chiqdi

Andijon: arzonga sotilgan dollarlar qalbaki bo‘lib chiqdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinko‘l tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar A.S., I.O. va T.K.lar oldindan til biriktirib, fuqaro O.ga qalbaki 400 AQSh dollarini 2,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring