Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijondagi yong‘inda ikkita xonadon butunlay yonib ketdi

Andijondagi yong‘inda ikkita xonadon butunlay yonib ketdi

Andijonda kuchli yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida ikkita xonadon to‘laligicha yonib ketdi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, 20-oktyabr kuni yong‘in-qutqaruv xizmati bo‘limiga Andijon shahridagi uylarda kuchli yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.

Yong‘inni bartaraf etish uchun beshta maxsus yong‘in texnikasi jalb etilgan.

Yong‘in o‘chiruvchilarning sa’i-harakatlari evaziga yong‘in o‘chirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in kelib chiqishiga elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.

Holat yuzasidan halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar yo‘q

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring