Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda yerosti quvuriga tushgan fuqarolar hushsiz holatda topildi

Andijonda yerosti quvuriga tushgan fuqarolar hushsiz holatda topildi

Foto: Andijon FVB

Bugun Andijon viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga bir guruh fuqarolar tomonidan yerosti quvuriga 2 nafar fuqaro tushib ketganligi bo‘yicha xabar kelib tushgan. 

Hodisa yuzasidan tezkor qutqaruv otryadi xodimlari voqea joyiga borib, maxsus qutqaruv vositalari yordamida xar ikki jabrlanuvchilarni chuqurlikdan olib chiqishga muvaffaq bo‘lishgan.

Holat sababi o‘rganilganda, ular o‘zboshimchalik bilan belgilanmagan tartibda, maxsus kiyimboshsiz, yer osti suv quvurini ta’mirlash maqsadida tushganligi va havo yetishmasligi oqibatida hushsiz holatga kelib qolganligi aniklangan.

Fuqarolar birinchi yordam ko‘rsatish uchun Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazining Andijon mintaqaviy filialiga yuborilgan.

Avvalroq, Zangiotada 46 yoshli fuqaro hushini yo‘qotib quduqdan chiqa olmagani ma’lum qilingandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring