Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonlik xonanda jarimaga tortildi

Andijonlik xonanda jarimaga tortildi

Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida yashovchi G‘ulom Boboyorov Adliya vazirligiga murojaat qiladi.

U «G‘ulom Nazar» taxallusi bilan ijod qilib kelishini bildirib, «Dadangizni quchoqlab qo‘ying» nomli she’ridan ruxsatsiz, kelishuv shartnomasini tuzmasdan uchinchi shaxslar tomonidan qo‘shiq qilib ijro qilinayotganidan noroziligini bayon etadi.

Uning murojaati Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tegishli tartibda o‘rganib chiqilgan.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘limi bosh maslahatchisi Murodjon Jaloldinovning ma’lum qilishicha, o‘rganish jarayonida Asaka tumanida yashovchi fuqaro Elyor To‘ychiyev yuqoridagi she’rni «Otam» nomi bilan to‘ylarda qo‘shiq qilib ijro etgani va uni YoutTube ijtimoiy tarmog‘iga joylagani aniqlangan.

Yuqoridagilarga asosan, boshqarma tomonidan fuqaro E. To‘ychiyevga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177(1)-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Asaka tuman sudiga yuboriladi.

Sud qaroriga asosan xonanda E. To‘ychiyev aybli deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring