Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Apple» 14 yoshli o‘quvchini mukofotlaydi

«Apple» 14 yoshli o‘quvchini mukofotlaydi

Foto: «iDownloadBlog»

«Apple» kompaniyasining «FaceTime» ilovasida o‘tgan oyning boshida nuqson topilgandi. Xatolik ancha jiddiy: «FaceTime» orqali qo‘ng‘iroq qilgan kishi narigi tomondagi odam hali qo‘ng‘iroqni qabul qilmasidanoq uni eshitishi va kuzatishi mumkin edi. Bu hol guruhli qo‘ng‘iroqlar funksiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan.

Mazkur nuqsonni Arizona shtatida yashovchi Grant Tompson ismli o‘n to‘rt yashar foydalanuvchi topdi va uning onasi bu haqida «Apple» ishlab chiquvchilariga xabar berdi. Shu tarzda dasturdagi kamchiliklar bartaraf etildi.

Gigant kompaniya ushbu nuqsonni topgan 14 yoshli o‘smirni «ta’lim olishiga ko‘maklashuvchi» mukofoti bilan taqdirlashini ma’lum qildi. Hozircha, mukofotning aniq summasi oshkor qilingani yo‘q. Biroq bu Grant Tompsonning kollejdagi ta’limi uchun ketadigan xarajatlarni qoplab berish ko‘zda tutilayotgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, odatda «Apple» o‘z qurilmasidagi nuqsonlarni topganlarga 20 mingdan 200 ming dollargacha haq to‘laydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring