Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh elchixonasi «Grin karta» bo‘yicha muhim ma’lumot berdi

AQSh elchixonasi «Grin karta» bo‘yicha muhim ma’lumot berdi

AQShning Toshkentdagi elchixonasi «Grin karta» bo‘yicha (DV-2022) muhim ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, AQSh elchixonasi butun dunyo bo‘ylab «Turli millatga mansub immigrantlar vizasi» 2022 fiskal yil dasturi (DV-2022) bo‘yicha suhbatga yozishda yuzaga kelgan kechikishlardan xabardor va Kentukkidagi konsullik markazi bilan yaqin hamkorlikda ushbu holatning yechimini topish yo‘lida ishlamoqda.

«Biz «Turli millatga mansub immigrantlar vizasi» dasturini qadrlaymiz va DV-2022 dasturi bo‘yicha murojaat etuvchilar o‘z viza suhbatlarini imkon darajasida tezroq o‘tishlari uchun bor kuchimizni sarflamoqdamiz. Toshkentda ushbu dastur bo‘yicha ilk suhbatlar fevral oyida o‘tkazilishi kerak, lekin buning tasdig‘ini hamon kutib turibmiz. 2022 fiskal yil uchun «Turli millatga mansub immigrantlar vizasi» dasturi bo‘yicha murojaat etuvchilar o‘z suhbatlari vaqti va kuni haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabardor etiladilar», deya qayd etilgan elchixona xabarida.

Eslatib o‘tamiz, AQSh DV-2023 lotereyasi (grin karta) 2021 yil 6 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanib, 2021 yil 9 noyabr soat 21:00 da tugagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring