Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Mehnat vazirligi O‘zbekistonni e’tirof etdi

AQSh Mehnat vazirligi O‘zbekistonni e’tirof etdi

AQSh Mehnat vazirligi o‘zining hisobotida («TDA Report») 2011 yildan beri birinchi marta O‘zbekistonni bolalar mehnatining eng yomon shakllariga barham berish bo‘yicha sa’y-harakatlar samaradorligi bo‘yicha «sezilarli taraqqiyot»ning eng yaxshi toifasiga kiritdi.

Bu majburiy va bolalar mehnatiga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan samarali davlat siyosati, shuningdek, ushbu sohada jinoiy javobgarlikning xalqaro standartlarga to‘liq mos ravishda kuchaytirilgani tufayli erishilgani alohida ta’kidlandi.

«O‘zbekiston haqiqatan ham qisqa vaqt ichida ta’sirchan taraqqiyotga erisha oladigan namunali davlatga aylanmoqda», – dedi AQSh Mehnat vazirligining Bolalar va majburiy mehnat bo‘yicha boshqarmasi rahbari Marsia Yeugenio.

Bundan tashqari, O‘zbekiston erishgan yutuqlarni inobatga olgan holda, AQSh Mehnat vazirligi mamlakatda ishlab chiqarilgan paxtani «Bolalar va majburiy mehnatdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ro‘yxati»dan chiqarilishini e’lon qildi.

Ushbu qaror O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan paxta va undan tayyorlangan mahsulotlarni AQShga olib kirishga qo‘yilgan rasmiy cheklovlarni bekor qiladi va shu orqali to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring