Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh Ukrainaga diplomatik nota yuborgani ma’lum bo‘ldi

AQSh Ukrainaga diplomatik nota yuborgani ma’lum bo‘ldi

AQSh Davlat departamenti yozda Ukrainaga Vashingtondan moliyaviy yordam yordam olishda davom etish uchun korrupsiyaga qarshi kurashga chaqiruvchi diplomatik nota yubordi, deya xabar beradi CNN manbalari.

Shuningdek, Kiyev Xalqaro valyuta jamg‘armasi dasturi doirasida, jumladan, jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha islohotlar o‘tkazishi kerakligi aytilgan. Jo Bayden ma’muriyatining Ukraina Qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash majburiyati o‘zgarishsiz qolmoqda, biroq Ukraina korrupsiyaga qarshi kurash choralarini ko‘rmasa, yordamning boshqa shakllari xavf ostida qolishi mumkin, deb ta’kidlaydi telekanal.

«Ukrainaliklarga aytilganki, agar bu mablag‘lardan birortasi noo‘rin ishlatilsa, bu Amerikaning mamlakatga ko‘rsatadigan barcha yordamini xavf ostiga qo‘yadi», dedi vaziyatdan xabardor manba CNNga.

Ukrainaning Vashingtondagi elchixonasi Kiyev islohotlar sari «shiddat bilan» borayotganini aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring