Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Xitoydan yuz yil avvalgi qarzni undirmoqchi

AQSh Xitoydan yuz yil avvalgi qarzni undirmoqchi

Foto: «Promdevelop»

Vashington rahbariyati bir asr muqaddam Xitoyda ishlab chiqarilgan davlat obligatsiyalaridan qarzlarni undirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqchi. Bu haqda «Bloomberg» xabar tarqatdi.

Gap Xitoy imperiyasida chiqarilgan va Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan tan olinmagan qimmatbaho qog‘ozlar haqida ketyapti. Ta’kidlanishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp bundan Xitoy bilan savdo urushida qurol sifatida foydalanish niyatida.

Pekin Vashington rejalaridan boxabar, biroq ushbu g‘oyani amalga oshirishni imkonsiz deb hisoblaydi.

AQSh va Xitoy munosabatlarida navbatdagi tanglik avj olgach, Oq uy rahbariyati 1-sentyabrdan 10 foizli boj kiritishini e’lon qilgandi. 28-avgust kuni esa AQSh federal reyestri Trampning maxsus buyrug‘idan so‘ng 300 milliard dollar qiymatiga teng Xitoy tovarlariga bojni 10 foizdan 15 foizgacha oshirgani to‘g‘risidagi hujjatni chop etdi. Kiritish muddati o‘zgarmaydi — 1-sentyabr va 15-dekabr.

27-avgust kuni ma’lum bo‘ldiki, savdo urushiga qaramay, Xitoyda Amerika biznesi investitsiyalari yanvardan iyungacha o‘sgan va 6,8 milliard dollarni tashkil etgan. Bu o‘tgan ikki yil davomida xuddi shu davrga nisbatan 1,5 foiz yuqori.

Sayyoramizning eng yirik iqtisodiyotlari o‘rtasidagi savdo urushi bir yarim yildan beri davom etmoqda. AQSh savdo to‘siqlari yordamida Pekin bilan adolatli kelishuvga erishishni xohlaydi. Tomonlar bir necha marta ziddiyatni to‘xtatishga uringandek bo‘lishdi, biroq keyin bir-birlarini majburiyatlarni bajarmaganlikda ayblashni boshlashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring