Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda koronavirusdan o‘lim holati rekord darajaga yetdi

AQShda koronavirusdan o‘lim holati rekord darajaga yetdi

Foto: «9111.ru»

Amerika Qo‘shma Shtatlarida koronavirus bilan kasallangan bemorlar orasida kunlik o‘lim holati ikkinchi marta to‘rt mingdan oshdi va rekord darajadagi 4 327 kishiga yetdi. Bu haqda federal va mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va boshqa ochiq manbalar ma’lumotlariga tayanib Jons Xopkins universiteti xabar bergan.

8-yanvar kuni AQShda kuniga koronavirusdan vafot etgan bemorlar soni ilk bor to‘rt ming kishidan oshgandi. O‘shanda 4085 ta o‘lim holati qayd etildi.

Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida shifokorlar AQShda 215 805 ta COVID-19ni yuqtirish holatini qayd etishdi.

Jons Xopkins universiteti hisob-kitoblariga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlarida epidemiya boshlanganidan buyon 22,8 milliondan ortiq kishida koronavirus aniqlangan, 380 mingdan ortig‘i vafot etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring