Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Archako‘cha»dagi pichoqbozlikka dorixona daromadini bo‘lisha olmaslik sabab bo‘lgan

«Archako‘cha»dagi pichoqbozlikka dorixona daromadini bo‘lisha olmaslik sabab bo‘lgan

Foto: Toshkentdan ko‘rsatamiz! / Telegram

Toshkentda sodir bo‘lgan pichoqbozlikka dorixona daromadlarini bo‘lisha olmaslik sabab bo‘lgani ma’lum qilindi. Jarohatlanganlardan biri olamdan o‘tgani xabar qilingan edi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 5 iyun kuni Toshkentning Shayxontohur tumanidagi Kichik xalqa avtomobil yo‘lida (eski Archako‘cha) sodir bo‘lgan pichoqbozlik tafsilotlarini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, D. M. (1993 yilda tug‘ilgan) biznes hamkori R. B. (1988 y.t.) bilan Uchtepa tumani Lutfiy ko‘chasida joylashgan «5+» nomli dorixonadan tushadigan daromad yuzasidan o‘zaro janjallashib kelgan.

5 iyun kuni soat 18:30larda D.M. o‘ziga raqobatchi hisoblagan B.R.dan qutilish maqsadida pichoq bilan qurollanib, tanishlari A. D. (1994 y.t.) O. Sh. (1991 y.t.) va M. H. (1997 y.t.) bilan belgilangan ko‘rishuv asosida Shayxontoxur tumani Qizilg‘uncha ko‘chasi 2-uy qarshisida B.R. va u bilan birga kelgan o‘rtoqlari E. M. (1997 y.t.), N. I. (1993 y.t.), K. S. (1997 y.t.) va O‘. R. (1997 y.t.) bilan uchrashadi. Yuzaga kelgan to‘qnashuv davomida D.M. o‘zi bilan olib kelgan pichoqni M.E.ning ko‘krak sohasiga bir marotaba urib, hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazadi. M.E. o‘zini himoya qilib, unga faol qarshilik ko‘rsatganligi tufayli, hodisa joyidan yashiringan.

Biroq M.E.ga ko‘rsatilgan tez-tibbiy yordamga qaramasdan, olgan o‘ng ko‘krak qafasidagi teshib kiruvchi sanchilgan-kesilgan jaroxati tufayli shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 5 iyun kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi «l» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari shahar prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring