Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Armaniston va Ozarbayjon muhim masalada kelishib oldi

Armaniston va Ozarbayjon muhim masalada kelishib oldi

Armaniston va Ozarbayjon o‘zaro hududiy yaxlitlikni tan olish to‘g‘risida kelishib oldi.

Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan YeOII sammiti chog‘ida ma’lum qildi.

«Shu asosda munosabatlarimizni tartibga solish yo‘lida ma’lum yutuqlarga erishmoqdamiz», degan Pashinyan.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston Qorabog‘ni Ozarbayjonning bir qismi sifatida tan olganini aytib, endi mamlakatlar sulh bo‘yicha kelishib olishlari mumkinligini tasdiqladi.

22-may kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Yerevan Tog‘li Qorabog‘ni Ozarbayjon hududi sifatida tan olishga tayyorligini bildirgandi. Armaniston bosh vaziri Tog‘li Qorabog‘dagi armanlar huquqlarining ta’minlanishi «unutilib qolmasligi» va Ozarbayjon «etnik tozalash va genotsid» siyosatini olib bormasligi uchun xalqaro darajada kafolatlar berilishi shartligini ta’kidlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring