Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tinchlik uchun» atalgan sovg‘alar Afg‘oniston yoshlariga topshirildi

«Tinchlik uchun» atalgan sovg‘alar Afg‘oniston yoshlariga topshirildi

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan xayriya aksiyasidan to‘plangan gumanitar yordam Assotsiatsiya delegatsiyasi tomonidan uyushtirilgan xizmat safarlari natijasida Afg‘onistoning Hirot va Balx viloyatlaridagi bir qator maktablarga tarqatildi. Ushbu ish Afg‘oniston yoshlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkillashtirilgan. 

Tashrif davomida bir qator e’tiborga molik jihatlar muhokama etilgan:

1. Madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari aynan Afg‘onistonda istiqomat qilayotgan etnik o‘zbeklar sof o‘zbek tilini unutib yubormasliklari uchun o‘zbek tili darsliklarini elektron shaklda taqdim etish.

2. Hozirda Hirot shahrida joylashgan davlat muzeyida Temuriylar davriga oid noyob qo‘lyozmalar borligi va ushbu qo‘lyozmalardan ko‘chirmalar olib o‘zbek tiliga tarjima qilish.

3. Hirot shahridagi Temuriylar davriga oid tarixiy obidalar, xususan, Sulton Husayn Boyqaro maqbarasi abgor ahvolga kelib qolganligi va ushbu holat yuzasidan Xirot viloyati xokimi Abdul Kalom Raximi «Turktabolar shurosi» tashkiloti raisi Hoji Ziyouddin Foryobi tomonidan yozilgan xat murojaatnomasi to‘g‘risida hamda suratchi Orif Karimi tomonidan suratga olingan Hirot shahridagi Temuriylar davriga oid tarixiy obidalar, ushbu davrdan qolgan qo‘l yozmalar aks ettirilgan foto suratlar galereyasini O‘zbekistonda tashkil etish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring