Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aviatashuvchilarga ichki turizm uchun subsidiya muddati 2026-yilgacha uzaytirildi

Aviatashuvchilarga ichki turizm uchun subsidiya muddati 2026-yilgacha uzaytirildi

Foto: Xabar.uz

Hukumat qarori (5-son, 07.01.2023-y.) bilan O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlar xarajatlarining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, aviatashuvchilarga ichki turizm, shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan mahalliy yo‘nalishlarda avia chipta narxining 25 foizi miqdorida subsidiya 2026-yil 1- yanvargacha ajratiladi (ilgari 2022-yil 1-iyungacha edi).

Ma’lumot uchun: Aviatashuvchilarga mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar uchun chipta narxining bir qismini qaytarish tartibi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring