Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstraliyada tuxum kattaligida do‘l mashinalarning oynalarini sindirib tashladi

Avstraliyada tuxum kattaligida do‘l mashinalarning oynalarini sindirib tashladi

Foto: «Shropshirestar.com»

Avstraliyaning Kvinslend shtatida tovuq tuxumi kattaligida do‘l yog‘ib, mashina, turar-joy va boshqa imoratlarning oynalarini sindirib tashladi, deya xabar berdi «7News» telekanali.

Telekanalning ma’lum qilishicha, Grimpi shahridan Brisbenning janubiy qismlarigacha bo‘lgan hududda yashaydigan aholi «ulkan do‘l va halokatli shamol» haqida ogohlantirilgan. Kvinslend shtatining janubidagi Sanshayn-Kost tuman hududi aholisi ham shu kabi hodisaga duch kelgan. Shu bilan birga, soniyasiga 16 metrni tashkil etgan kuchli shamol shtatning boshqa hududlarida ham qayd etilgan.

ABC telekanali o‘z navbatida xabar berishicha, kuchli shamol mamlakat janubi-sharqidagi qariyb 20 mingta uyni elektrsiz qoldirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring