Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avval Jizzax, endi Hindiston: 95 yoshli ayol quduqqa tushib ketdi

Avval Jizzax, endi Hindiston: 95 yoshli ayol quduqqa tushib ketdi

Foto: «Mathrubhuni»

Hindistonning Keral shtati Vijinjam tumanida istiqomat qiluvchi keksa ayol quduqqa tushib ketdi. 4,5 soatdan so‘ng qutqaruvchilar uni chiqarib olishdi. Bu haqda «Mathrubhuni» nashri xabar berdi.

95 yoshli Devaki qizi bilan yashaydi. U har kuni erta uyg‘onib, sayr qilgani ko‘chaga otlanadi.

25-noyabr kuni ertalab soat yettida Devaki ko‘chaga sayr qilgani chiqib, qaytib kelmaydi. Keyinroq Jon ismli kishi uni yetti metrli quduqdan topadi. Bo‘ynigacha suvga botgan ayol bir qo‘lida arqonni ushlab olgandi. U yer ostida taxminan 4,5 soat qolib ketgan.

Hodisa joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar quduqqa tushib, nafaqadagi ayolni to‘r yordamida chiqarib olishdi. Shundan so‘ng Devakini shifoxonaga yetkazishdi.

2020-yil 24-noyabr kuni ertalab soat 7:30 da Jizzax viloyati G‘allaorol tumani «Lalmikor» MFY hududida istiqomat qiluvchi 69 yoshli fuqaro uy qudug‘idan suv olib chiqmoqchi bo‘lib, ehtiyotsizlik oqibatida 19 metrli quduq ichiga tushib ketgani haqida xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring