Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Aydarko‘lni ham Orolning qismati kutmoqda» — mutaxassis

«Aydarko‘lni ham Orolning qismati kutmoqda» — mutaxassis

Foto: «Xabar.uz»

Aydarko‘l suv hajmi har yili havoga shunchaki bug‘lanib, yildan yilga 10 foizgacha qismini yo‘qotmoqda. Tadqiqotchi Erkin Abdulaxatov bu haqda o‘z mulohazalarini bildirdi.

Orol dengizi qurib, Aydarko‘l ko‘llar tizimining paydo bo‘lishini shu sohaga aloqador insonlar juda yaxshi bilishadi.

Mirzacho‘lni o‘zlashtirish, tekislikda «Chordara» suv omborini qurish fonida sizot suvlari bilan to‘yinadigan yirik yana bir sho‘r ko‘l paydo bo‘lishi ortidan, Aydarko‘l-Arnasoy ko‘llar tizimi o‘zini ohanrabo misol tortdi. Ko‘lda baliqchilik, ichki turizm rivojlandi.  

Ammo, oxirgi yillar kengayish o‘rniga torayib borayotgan Aydarko‘l tizimi taqdiri ham xuddiki Orol dengizi kabi bo‘lishidan xavotirlanayotganlar ko‘paydi.

Markaziy Osiyo, xususan tekislik hududlarida cho‘llashish, suv yetishmovchiligi avj olayotgan bir paytda Aydarko‘l ham qurib, yo‘q bo‘lishi tabiiy. Dunyoning hech bir mintaqasi yo‘qki, materiklar markazida suv ob’yektlari kengayib borayotgan bo‘lsa. Tibet tog‘liklaridagi manzara bu boshqa. U yerda muzliklar erib, yangi-yangi ko‘llar paydo bo‘lmoqda. Ammo, suv bug‘lanishi u yerda ham o‘tmishga nisbatan kuchli.

Tadqiqotlarga ko‘ra, ko‘llar quruqlikning atiga 1,57 foizini tashkil etsa-da, quruqliklardagi bug‘lanib ketayotgan suvlarning 2,37 foizini o‘z gardaniga oladi. Hamma joyda qurg‘oqchilik, ko‘l va suv ombor maydonlarining keskin qisqarishi xavfi tobora avj olmoqda.

Qolaversa, Janubiy Qozog‘iston viloyatlari Sirdaryo suvidan butunlay mosivo bo‘layotgan bir paytda Chordaradan Aydarko‘lga yagona suv manbaini shunchaki tashlab yuborishlarini kutish ham fantastika bo‘lsa kerak.

Global iqlim o‘zgarishi, mintaqamizda haroratning sezilarli ko‘tarilishi, havoda namlikning kamayishi suv havzalarida suvning havoga shunchaki tez faol bug‘lanib ketishiga olib keldi, kelmoqda.

Oldinlari Jizzax g‘arbi ochiq havzalarda yillik suv bug‘lanishi 3-4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatgich qariyb 3 barobarga ortgan. Endi Aydarko‘l suv hajmi har yili havoga shunchaki bug‘lanib, yildan yilga 10 foizgacha qismini yo‘qotmoqda.

Natijada, suv ob’yekti o‘zining yaqin o‘n-o‘n besh yillikda 23 foizini yo‘qotdi. Kutilmalar ham shunday. Yildan yilga suv ob’yekti o‘z hajmini yo‘qotib boraveradi.

Mazkur vaziyatni NASAning Landsat sun’iy yo‘ldoshining 1985-2018 yillardagi spektrometrik tasvirlari ham tasdiqlaydi. O‘zbekistonda Orol dengizidan keyin yuqori bug‘lanish Aydarko‘l ko‘llar tizimiga to‘g‘ri kelyapti.

Mana bu tasvirdan kattalashtirgan holda ko‘rishingiz mumkin.

 

Global ko‘l bug‘lanish hajmi (GLEV) ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda «Aydar-Arnasoy» ko‘llar tizimi yuzasi eski holatiga ko‘ra ancha ortga chekingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring