Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ayrim toifalar uchun ID-kartalar uylariga borib rasmiylashtiriladi

Ayrim toifalar uchun ID-kartalar uylariga borib rasmiylashtiriladi

Hukumatning tegishli qarori loyihasi bilan kelgusida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga identifikatsiyalovchi ID-kartani rasmiylashtirish va berish yuzasidan bo‘linmalarga murojaat kelib tushgan kundan o‘n ish kuni mobaynida murojaatchining doimiy yashash yoki turgan joyiga chiqish orqali ko‘rsatilgan xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmagan holda sayyor davlat xizmatlarini ko‘rsatish ishlari tashkillashtiriladi.

Mazkur tartib Ichki ishlar vazirligining taklifi bo‘lib, vazirlik, shuningdek, qo‘shimcha to‘lov evaziga O‘zbekiston fuqarolariga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Davlat xizmatlari yagona reyestrida belgilangan migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi davlat xizmatlarini doimiy yashash yoki turgan joyiga chiqish orqali planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan texnik qurilmalar yordamida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga mazkur hujjat loyihasi bilan O‘zbekiston fuqarolariga identifikatsiyalovchi
ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga identifikatsiyalovchi ID-karta rasmiylashtirish, vizalari muddatini uzaytirish bo‘yicha ularning doimiy yashash yoki turgan joyiga chiqish orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi Reglament ham tasdiqlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring