Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Azimjon Asqarovning ishi yana qayta ko‘rib chiqiladi

Azimjon Asqarovning ishi yana qayta ko‘rib chiqiladi

Foto:«YouTube»

Oliy sud yangi ochilgan holatlar bo‘yicha bir umrlik qamoq jazosiga hukm etilgan huquq himoyachisi Azimjon Asqarov ishini ko‘rib chiqadi. Xabarni Oliy Sud matbuot xizmatidagilar tasdiqladi, deya yozmoqda Tnews.uz.   

Qayd etilishicha, Bozor-Ko‘rg‘on tuman sudi ish materiallarini Oliy sudga topshirgan.   

Azimjon Asqarov 2010-yilning iyun hodisalaridan keyin tartibsizliklarni tashkillashtirish va militsiya xodimini o‘ldirishda qatnashganlik gumoni bilan qo‘lga olingan. Barcha instansiyalardagi sudlar qarori bilan u umrbod qamoq jazoga hukm qilingan.   

2016-yilning aprelida BMTning inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi Qirg‘iziston rasmiylarini inson huquqlari himoyachisi ishni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Qo‘mita o‘z qarorini noqonuniy qo‘lga olish, qiynoqlar qo‘llash va Azimjon Asqarovni og‘ir sharoitlarda saqlash turilishi bilan asosladi. Qirg‘iziston sudi ishni yangi holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqdi, biroq hukmni o‘zgarishlarsiz qoldirdi.   

2019-yilning 30-iyulida uning ishi yangi kodekslar kuchga kirishi munosabati bilan jinoiy qonunchilik dekrminalizatsiyaga uchragani sababli qayta ko‘rilgandi. Chuy viloyat sudi huquq himoyachisini ozod qilishdan bosh tortdi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring