Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aziz Abduhakimov turkiy davlatlarning turizm vazirlariga taklif bilan chiqdi

Aziz Abduhakimov turkiy davlatlarning turizm vazirlariga taklif bilan chiqdi

Ayni vaqtda Qo‘qon shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi turizm vazirlarining oltinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov tadbir davomida hamkorlikda turizmni rivojlantirish bo‘yicha bir qator takliflarini bildirib o‘tdi.

- Shaharlar o‘rtasida muntazam va charter parvozlar tashkil qilish, turistik poyezd, avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish va sayyohlarning o‘z avtomobilida harakatlanishiga imkoniyat yaratish.

- Turkiy davlatlar poytaxtlari va turizm shaharlaridagi aeroport va vokzallarda turizm ma’lumot markazlarini tashkil qilgan holda targ‘ibot materiallarini 24/7 rejimida joylashtirish. Mahalliy telekanallarda turkiy xalqlar tarixi va mehmondo‘stligi to‘g‘risidagi ko‘rsatuvlarni doimiy ravishda efirga berib borish.

- Madaniy meros ob’yektlarini tiklash, restavratsiya qilish, qadimiy arxitekturasini yo‘qotmagan holda saqlab qolish, raqamlashtirish, samarali menejmentni joriy qilish. Turkiy Kengash huzurida a’zo davlatlarning mablag‘i asosida Madaniy meros ob’yektlarini asrash jamg‘armasini tashkil etish.

- Turkiy davlatlarning yagona madaniy va turizm tadbirlari taqvimini yaratish. Unga ko‘ra, xalq o‘yinlari – etno sport (uloq-ko‘pkari, dorbozlik, kurash, kamondan o‘q uzish, tosh ko‘tarish kabi) va baxshilar musobaqasini o‘tkazib borish. Boburiylar sulolasi boshlangan qadimgi Axsikent qal’asi hududida “Turkiy ovoz” qo‘shiq va kuy festivalini tashkil etish.

- Turoperatorlarni turizm bozorlariga kirib borishini qo‘llab-quvvatlash va ular yordamida qo‘shma turlar tashkil qilish.

- Turizm ta’limi sohasida tajriba almashish va sohadagi mutaxassislarning doimiy malakasini oshirish, akademik turizmni yo‘lga qo‘yish. Bunda, turkiy mamlakatlar oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida grant kvotalarini joriy qilish va ko‘paytirish.

- Turkiy Kengash tomonidan taklif qilingan “Turizm poytaxti” tashabbusini qo‘llab quvvatlash va uning vositasida hozirda mashhur turizm maskanlarini emas, balki sayyohlik potensiali yuqori bo‘lgan shaharlarni rivojlantirish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring