Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aziza Umarova deputatlik saylovlarida qatnashishga qaror qildi

Aziza Umarova deputatlik saylovlarida qatnashishga qaror qildi

Foto: «Spot.uz»

Taniqli ekspert Aziza Umarova Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligi saylovida ishtirok etishga qaror qildi. U bu haqda telegramdagi kanalida ma’lum qildi:

37 yoshman. Boshqalar singari oxirgi haftalarda quyushqondan chiqib ketgan narsalardan ozgina o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim hamda xavotirga tushdim. Bu «reform fatigue» – islohotlardan charchash deb ataladi. Biroq, oxirgi marta, bir chetda nolib turmasdan nimanidir yaxshi tarafga o‘zgartirishga, jamiyatda qurilgan institutsional doira hamda konstruktiv va foydali muloqot o‘rnatishning ma’lum bir qismi bo‘lish uchun harakat qilishga qaror qildim.

Shu kunlarda Mirzo Ulug‘bek tumanidan O‘ZLIDEP partiyasiga (ushbu partiya tadbirkorlar partiyasi bo‘lgani uchun) a’zo bo‘ldim. Bunday qilishimdan maqsad, shu yil dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ishtirok etishga urinib ko‘rishdir. Agar, qaror qabul qiluvchilar shunga yo‘l berishsa, albatta.

Germaniya prezidenti Shtaynmayer nonushta paytida samimiy ohangda islohotlar ketishi tezligini qanday baholayotganligimizni so‘raganida, men unga ushbu masalaga bir necha oydan so‘ng javob berishimizni aytdim. Agar ilg‘or g‘oyali kishilar parlamentga kirmoqchi bo‘lsa, bu mamlakatdagi o‘zgarishlarning eng yaxshi ijobiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Chunki bu — jamiyatdagi turli o‘zgarishlar haqidagi davlat forumlaridan afzalroq ekanligidan darak beradi.

Xullas, uzoq o‘ylab, oila a’zolarim bilan maslahatlashib, deputatlikka o‘z nomzodimni ko‘rsatishga ahd qildim.

Barcha gap O‘ZLIDEPda qolgan. Qolganlarning ishi esa qo‘llab-quvvatlash. Mamlakatimizni sevaman. E’lon qilinayotgan islohotlarning 50 foizi amalga oshishini istayman. Biroq, ushbu ishlarning amalga oshishi uchun prezidentimiz va uning jamoasiga birgalikda yordam berishimizga bog‘liq.

Mana shunaqa gaplar.

Menda parlamentda deputat bo‘lishdan boshqa hech qanday maqsad yo‘q.  Ayrimlaringiz kamtarona qobiliyatimga baho berishingiz hamda qo‘llab-quvvatlashingizni qadrlayman. Biroq, o‘ylaymanki, turli toifadagi mansablar xususidagi gap-so‘zlar Oliy Majlisda bo‘ladigan saylovlarda qatnashish imkoniyatini murakkablashtiradi yoki unda qatnashishni yo‘qqa chiqaradi. Orqavarotdagi turli fikrlardan holimiz, deb yozadi Aziza Umarova.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring