Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bank sho‘ba mudiri qo‘lga tushdi

Bank sho‘ba mudiri qo‘lga tushdi

Tadbirkorga 500 mln so‘m kredit ajratib berishni va’da qilgan sho‘’ba mudiri ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Ipoteka-bank» ATIB viloyat filialining sho‘ba mudiri X.T. «L.S.» MChJga qarashli Sho‘rchi tumanidagi ishlab chiqarish sexi binosini ta’mirlash uchun 500 mln so‘m kredit ajratib berish evaziga 10 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring