Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Barsa» sobiq futbolchisining o‘g‘li Superligada o‘ynaydi

«Barsa» sobiq futbolchisining o‘g‘li Superligada o‘ynaydi

Termizning «Surxon» futbol klubi ispan hujumchisi Manel bilan shartnoma imzolagan. U surxon jamoasiga erkin agent sifatida o‘tgan.

Klub vitse-prezidenti Jahongir Usmonov kelishuv haqida boshqa ma’lumotlarni ochiqlamagan. Manelga 17-raqamli libos taqdim etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 30 yoshli Manel «Surxon» tarkibidagi 4-ispan futbolchisi bo‘ladi: darvozabon Xavi Ximenes va ikki himoyachi Serxio Rodriges, Luismi Kezadi. Shuningdek, klub rahbariyati tarkibida ham ispanlar ko‘p: sport direktori Xuan Manuel Barrozo, tahlilchi Xonatan Lomas, bosh murabbiy Anxel Lopes.

Manel Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq futbolchisi Manoloning o‘g‘li hisoblanadi. 80-yillarda Manolo Ispaniya chempioni va UYeFA kubok egalari kubogi sohibi bo‘lgan. Otasidan farqli ravishda Manel Ispaniyaning 2 va 3-ligalarida to‘p tepgan. Uning Transfermarkt bo‘yicha narxi 400 ming yevro.

«Surxon» jamoasi ayni paytda Superligada qolish uchun kurashmoqda. 11 ta o‘yindan keyin 12 ochko to‘plab, 9-o‘rinni egallab turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring