Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Barselona» superyulduz transferini hal qildi –  manba

«Barselona» superyulduz transferini hal qildi –  manba

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Kataloniya klubi Robert Levandovskini o‘z safiga qo‘shib oladi. Tomonlar transfer borasida bir to‘xtamga kelishgan.

Ushbu transferdan «Bavariya» bonuslari bilan 50 million yevro ishlab oladi.

Levandovski kataloniyaliklar bilan «3+1» ko‘rinishida shartnoma imzolaydi va ertaga Barselonaga yo‘l oladi.

Eslatib o‘tamiz, insayder Fabritsio Romanoning avvalroq Rafinya «Barselona»ga o‘tishi va Dembelening klubda qolishi haqidagi xabarlari to‘g‘ri bo‘lib chiqqandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring